Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov yoshlarga subsidiya asosida ishlab chiqarish dastgohlarini tanatanali ravishda topshirdi.

Yoshlar yetakchilarining tavsiyalariga asosan berilayotgan tikuv mashinalari, hamir qorish uskunalari pechlar mahallalarda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shahar hokimi va sektorlar rahbarlari subsidiya egalari bilan muloqotda bo‘lib, kelajakdagi rejalari mavjud muammo masalalar bilan qiziqdilar.

Mahallalar kesimida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida kasblar tanlovi shahar bosqichida sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga shahar hokimining rag‘batlantiruvchi sovg‘alari topshirildi.