Tue. Jun 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga “Yashil makon” aksiyasini yuqori saviyada tashkil etish, ko‘kalamzorlashtirish aksiyalariga barcha idora, tashkilotlar, mahallalar, jamoat tashkilotlari va aholini keng jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan daraxt ekish, yashil hududlarni ko‘paytirish katta harakatga aylanmoqda. Bu mavsumda 85 million tup ko‘chat o‘tqazilishi mo‘ljallangan.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tadan ko‘chat bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, 15-oktyabrdan barcha tuman va mahallalarda ko‘chat yarmarkasi tashkil qilinadi.

Qo‘qon shahrida aksiya doirasida, kuzgi mavsumda 325 mingta manzarali va mevali daraxtlar ekiladi.