Fri. May 24th, 2024

“Munira brend” nomi bilan liboslar, parfyumeriya, atir-upalar, har bir xonadon uchun zarur bo‘lgan turli mahsulotlarni taklif etayotgan savdo markazining tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Shahar hokimi Konstitusiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga to‘xtalib, 67-moddaga asosan, tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekani mustahkamlab qo‘yilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Munira brend” savdo markazida 10 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi. Marufjon Usmonov bu yerda taklif etilayotgan mahsulotlar bilan tanishib, o‘z-fikr mulohazalarini bildirdi.