Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Oct 5th, 2024

Xususan 23-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagoglar, o‘quvchilar, ota-onalar, mahalla tizimi mutasaddilari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

Marufjon Usmonov davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Qo‘qon shahridagi maktablarni mukammal ta’mirlash, maktablarni zamonaviy jihozlar, o‘quv dastgohlari va darsliklar bilan to‘laqonli ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Yana bir muhim yangilik, o‘quvchilar va o‘qituvchilar yangi o‘quv yilida yagona maktab formasida, tomonlar majburiyatini belgilovchi, maktab va ota-onalar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida faoliyat boshlaydilar.

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘liming bergan ma’lumotlariga shu kunga qadar 50 foizdan 70 foizgacha o‘quvchilar maktab formasini xarid qilib bo‘lgan. Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida formalar maktablarda o‘tkazilgan yarmarkalarda taklif etildi.

Ayrim ota-onalar maktab formasini o‘zlari istagan savdo do‘konlaridan xarid qildilar. Ehtiyojmand, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga maktab formasi shahar byudjeti hisobidan bepul taqdim etildi.

Hali tipografiya buyog‘ining hidi ketmagan yangi darsliklar to‘plamlari o‘quvchilarga topshirilar ekan, katta qiziqish va hayajon bilan yoshlar joriy o‘quv yilining so‘ngiga qadar o‘ziga hamroh bo‘ladigan kitoblarni varaqlab, tomosha qilib to‘ymayapti.

6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham o‘quvchi va o‘qituvchilar yagona maktab formasini namoyish etib, Qo‘qon shahar hokimining kiyinish madaniyati, odob-axloq qoidalari, ta’lim-tarbiya borasida bildirgan fikrlarini tingladilar.

Ushbu maktabda o‘qigan Marufjon Usmonov, uning ibratli hayoti va mehnat faoliyati barcha yoshlar uchun namuna. Ota-onalar maktab bilan tuzilayotgan shartnomaga imzo qo‘yib, farzandlarini o‘z vaqtida darslarga kelishini, maktab qoidalariga rioya etishini o‘z zimmalariga oldilar.

18-avgustga qadar shunday taqdimotlar shahrimizning barcha maktablarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Click to listen highlighted text!