Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Nurafshon” mahallasida barpo etilgan yangi, 45-maktabni foydalanishga topshirish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
Mahalla aholisining azaliy orzusi-yangi maktab hali rasman foydalanishga topshirilgan bo‘lmasa-da hozirdan zamonaviy maktabda bilim olishga oshiqib kelgan mahalla yoshlari uchun dars jarayonlari boshlab yuborilgan.
Boshqa uzoq hududlardagi maktablarda tahsil olib kelgan yoshlar hujjatlarini ushbu maktabga topshirib, mahallasidagi yangi maktabda o‘qish istagini bildirmoqda.
Marufjon Usmonov maktab rahbariyati, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, mavjud muammo-masalalar bilan qiziqdi.
“Davlatimiz rahbarining tashabbuslari doirasida barpo etilgan ushbu maktab albatta eng zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlanadi”, dedi Qo‘qon shahar hokimi yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida.