Navro‘z bayrami arafasida ko‘rkam ko‘rinishga keltirilgan binoning tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.
Shahar hokimi binoni ko‘zdan kechirib mahalla tizimi mutasaddilari bilan muloqot qildi. Mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
✅ 2022 yilda open byudjet tizimida “Oq oltin” mahallasi idorasini ta’mirlash uchun 400 million so‘m ajratilgan edi. Jami o‘tgan yili, birinchi bosqichda, Qo‘qon shahridagi 14 ta loyihaga 8 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.