“Toshkentlik guzar” mahallasidagi 25 metrlik bayroqning o‘rnatilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.
Marufjon Usmonov mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar ruhda tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tib, ulkan davlat ramzi har bir hamyurtimiz qalbida vatanimiz uchun cheksiz g‘urur-iftihor tuyg‘ularini uyg‘otishiga ishonch bildirdi.
Mahalla nuroniylari duolarda yurtimizga tinchlik-totuvlik, xalqimiz dasturxoniga to‘kin-sochinlik, davlatimiz rahbariga uzoq umr tilab duolar qildilar.