Xususan, ushbu maqsadda xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi targ‘ibot guruhi faoliyati Respublika targ‘ibot guruhi, Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita vakillari tomonidan o‘rganilib, targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berildi.
“Oqila ayollar” harakati a’zolari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan targ‘ibotchilarga “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, xotin-qizlaring jamiyatdagi faolligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Seminarda “Mehr” operatsiyasi doirasida mamlakatimizga qaytarilgan hamyurtlarimiz xayotini aks etuvchi sahna ko‘rinishlari, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.