Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sog‘liqni saqlash, ta’lim, mahalla tizimi mutasaddilari, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul idora, tashkilotlar mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda shahrimizda bu borada amalga oshirilgan ishlarni tahlil etib, mutasaddilarga joylarda ayol-qizlarning reproduktiv salomatligini ta’minlash, erta-tug‘ruqlarning oldini olish, ushbu mavzularda ayollarning xabardorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Tibbiyot va mahalla tizimi mutasaddilari ona va bola salomatligi muhofazasi yo‘lidagi hamkorlikdagi faol va samarali faoliyatini mukammal darajaga olib chiqishi shart”, dedi Marufjon Usmonov.

Shu bilan bir qatorda, ta’lim-tarbiya, odob-ahloq, ayol-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ilm va ma’rifatga jalb etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.