Wed. Apr 17th, 2024

Hususan, Qo‘qon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun tashkil etilgan seminarda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahalla mutasaddilari bilan hamkorlikda samarali faoliyatini tashkil etish, ayollarning ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal etish, oilada inqirozli vaziyatlardan chiqib ketish hislatlarini shakllantirish, qaynona-kelin munosabatlarida tushunmovchiliklarni oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Badiiy-ko‘rgazmali tarzda, sahna ko‘rinishlari, hayotiy misollar asosida yetkazilgan ma’lumotlar ta’sirchanlik darajasini oshirib, ishtirokchilarni olgan bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir so‘nggida mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlashda faollik ko‘rsatib kelayotgan Oqila ayollar harakati a’zolariga Qo‘qon shahar hokimligining Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.