Sun. May 12th, 2024

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Kavlanova Komila Anvarovna, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari O‘rinova Dilshoda Adxamovna, Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari Nigoraxon Ergashevalar mahallalardagi xotin-qizlar faollari, maktablardagi tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot qilib, kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama etdilar.

Muloqot chog‘ida joriy yilning o‘tgan davrida Qo‘qon shahrida ayol-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huqubuzarliklarning oldini olish, mahalla va ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.