Fri. Jun 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar bosh imom xatibi Abdumajid qori Isaqov, sektorlar rahbarlari, ta’lim sohasi, Din ishlari bo‘yicha qumitaning Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi mutasaddilari, xorijda diniy ta’lim olayotgan yoshlarning ota-onalari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimizda yoshlarning barcha sohalarda bilim olishlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, yoshlarimiz onggiga aqidaparastlik g‘oyalarini singdirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan xurujlar muhokama etildi.

Marufjon Usmonov xorijda diniy ta’lim olayotgan yoshlarning ota-onalari bilan muloqot qilib, yoshlarni mamlakatimizga qaytarish, shahrimizda barcha yo‘nalishlarda munosib sharoitlar yaratib berishga kelishib oldi.