Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Hindistonlik sarmoyadorlar bilan Qo‘qon shahrida xalqaro tibbiyot oliygohi va uning negizida zamonaviy tibbiy diagnostika hamda davolash markazini tashkil etish masalalarini muhokama etdi.

Shahar hokimi investisiya bo‘limi mutasaddilariga sarmoyadorlarni shahrimizdagi foydalanilmayotgan bino-inshootlar bilan tanishitirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Sarmoyadorlarga barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berilishini ta’kidlab o‘tdi.