Xususan yoshlar bog‘ida oila kuni arafasida tashkil etilgan tadbirlarda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi. Shahar hokimi oilaviy qadriyatlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz mavzusidagi kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari bilan tanishdi.
Shahar hokimi ayniqsa kitoblar ko‘rgazmasiga alohida e’tibor qaratib, kitobning inson tafakkuri va dunyoqarashini o‘stirishdagi o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi kitobi taqdimot stendi oldida to‘plangan yoshlar bilan suhbatda bo‘ldi.
Qo‘qon shahridagi mahallalar, ta’lim muassasalari, va boshqa idora-tashkilotlar ko‘rgazmalarida milliy hunarmandchilik mahsulotlari, qo‘l mehnati bilan yasalgan kompozisiyalar, yosh sportchilar, qo‘shiqchi, raqqoslar va san’atsevar yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda yuzlab hamshaharlarimiz faol ishtirok etdilar.