Jaxon hunarmandlari shahri unvoni bilan butun olamga mashxur bo‘lgan Huqandi latifda tashkil etilayotgan muzeyda jaxon hunarmandchiligi namunalari namoyish etiladi.
Ayni paytda, hukumat qaroriga asosan tashkil etilayotgan muzey ekspozitsiyasini Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimlari yaratmoqdalar.
Ekspozitsiyadan 2019-yilda o‘tkazilgan Xalqaro hunarmandchilik festivalida namoyish etilgan hunarmandchilik mahsulotlari ham o‘rin olgan.