Festival’ga tayyorgarlik bo‘yicha viloyat va shahar shtabi a’zolari Qo‘qon shahrida markaziy ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bino-inshootlarni ta’mirlash va ko‘rkam holatga keltirish, mexmonxona, xostellarni festival’ mehmonlarini kutib olish uchun talab darajasiga keltirish va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot berdilar.
Mutasaddilarga belgilab berilgan ishlarni 1 sentyabrgacha nihoyasiga yetkazish, vazifalarga fidoiylik bilan yondashish va joylardagi muammo-masalalarni tezkorlik bilan bartraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.