Wed. Apr 17th, 2024

2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan musobaqalarda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi. Shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

🏃‍♀️ 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda Qo‘qon shahridagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 dan ziyod yoshlar ishtirok etdilar. Shu bilan bir qatorda, yoshlar o‘rtasida stol tennisi bellashuvlari, shaxmat va shashka turnirlari ham o‘tkazildi.

 

Shahar hokimi va sektor rahbarlari musobaqada muvaffaqiyatili ishtirok etgan jamoalar va sportchilarni qutlab, esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdilar. Yosh sportchilar mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdlorchilik izxor etib, musobaqa tashkilotchilaridan g‘oyatda mamnun ekanlarini bildirdilar.

#ozbekiston #qoqon #sport #voleybol #shaxmat #shashka #stoltennisi #5tashabbus #ShavkatMirziyoyev