Thu. May 2nd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektor rahbarlari, shahar Mudofaa bo‘limi mutasadilari hamroxligida 14 yanvar “Vatan himoyachisi kuni munosabati bilan yurtimiz sarhadlari himoyasi yo‘lida shahid ketgan harbiylarning yaqinlari hamda veteranlar holidan xabar oldilar. Shahar hokimi ularni bayram bilan qutlab, el-yurt farovonligi yo‘lida qilingan xizmatlar xalqimiz qalbida mangu qolajagini ta’kidlab o‘tdi.