Qo‘qon shahar hokimligi, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahar Nuroniylar jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda faxriy nuroniylar, o‘rta avlod vakillari hamda shahrimizdagi ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish va inson qadrini ulug‘lash maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimizning hayoti, dunyoqarashida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda Navro‘zning azaliy qadriyat va an’analari xususida so‘z bordi.
Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlar nuroniylar va o‘rta avlod vakillarining fikr-mulohazalarini tinglab o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.