Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 8th, 2024

Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bergan ko‘rsatmalari ijrosi doirasida seminarda Qo‘qon shahridagi turistik obyektlar rahbar xodimlari, turizm kompaniyalari, mehmonxona biznesida band bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari va mas’ul davlat idoralari mutasaddilari ishtirok etdilar.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezidentimiz tomonidan Qo‘qon universiteti turizm fakulteti talabalari bilan muloqoti chog‘ida mahalliy hokimiyat organlariga belgilab berilgan vazifalar, Qo‘qon shahrining rivojlanib borayotgan turizm infrastrukturasi, madaniy me’ros obyektlarini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar xususida to‘htalib o‘tdi.

Seminarda turizm va mehmonxona sohasini rivojlantirish, shahrimizning turizm salohiyatini oshirishga doir boshqa bir qator masalalar ham muhokama etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

 

Click to listen highlighted text!