Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Tue. Oct 15th, 2024

Tantanali ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Avazjon O‘rinboev, sektorlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

 

Marufjon Usmonov kapital ta’mirdan chiqarilgan va endilikda kompleks tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tumanlararo perinatal markazga aylantirilgan sobiq Qo‘qon shahar tug‘ruqxonasi mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish borasida olib borilayotgan islohotlarning amaldagi ifodasi bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

 

Perinatal markazi hodimlari ko‘rkam va shinam bino, sohaga qaratilayotgan e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘zlarining chuqur minnatdorchilikarini izxor etib, aholi salomatligini asrash yo‘lida yanada yuksak shijoat bilan mehnat qilishlarini bildirdilar.

 

Qo‘qon shahar hokimi qurilish ta’mirlash ishlarini sifatli qilib bajargan pudratchi tashkilot vakillariga tun kiygizib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

 

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan kapital ta’mirdan chiqarilgan yangi markaz bilan tanishgan mutasaddilar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Click to listen highlighted text!