Sun. May 12th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etilgan yarmarkada Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlari o‘z mahsulotlarini taklif etdilar.

Mamlakatimizning turli hududlaridagi sanoat bozorlarda savdo qiluvchi tadbirkorlar, ishbilarmonlar mahsulotlar bilan tanishib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rgandilar. Yarmarka tashkilotchilarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlardan ham tadbirkorlar tashrif buyurdi.

Yarmarkada tadbirkorlar o‘zaro fikr almashib, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldilar. Yarmarkadagi mahsulotlar bo‘yicha bir necha shartnomalar ham imzolandi, deb xabar berdi tashkilotchilar.

2023 yilning yanvar – iyun’ oylarida Qo‘qon shahridagi korxonalarning jami chakana savdo aylanmasi 2 trillion so‘mdan ortdi. Shu kabi yaramrkalarni o‘tkazilishi hududlararo aloqalarni rivojlantirish, ishlab chiqarish va savdo hajmini yanada kengaytirish kabi ezgu maqsadlarga xizat qiladi.