Wed. Dec 6th, 2023

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylar kengashining raisi Bahodir Maxsitov bilan shahrimizda shu yilning may oyida o‘tkaziladigan milliy etnosport musobaqalarini tashkil etish masalalarini muhokama etdi.

Prezidentimizning “Etnosport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Qaroriga asosan mamlakatimizda milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini targ‘ib qilish va ommalashtirish, bolalar va o‘smirlarni ularga keng jalb qilish, xalqaro aloqalarni kuchaytirish maqsadida “Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi” qabul qilingan.