Sun. May 12th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovasiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan texnologik rivojlanish marafonining ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi davlatimiz rahbarining 2021 yil, 1 aprel’dagi “Ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni milliy ilm-fan va innovasiya tizimini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rnini oshirishga, ilm-fanni iqtisodiyot bilan uzviy bog‘iq holda rivojlantirishga qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

 

Qo‘qon universitetida bo‘lib o‘tadigan treninglar ham ilm-fan va texnika rivojini mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda rivojlantirish, boshqa fan va texnika sohasidagi g‘oyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirishga qaratilgan.