Hususan, “Navro‘z” tantanalar saroyida atrof hududdagi mahallalar aholisi, mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbirda jamiyatimizni ogoh bo‘lishga undayotgan omillar hususida so‘z bordi.
O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitasi mutahasisi aholi va ayniqsa yoshlarni mashabimizga zid bo‘lgan turli oqimlarga ergashib qolishidan asrashga chaqirib, jihod niqobi ostida geostrategik to‘qnashuvlar maydoniga “zambarak go‘shti” sifatida, “jaraq-jaraq” pul evaziga yetkazib berilayotgan sodda dindorlar, horijda aldanib qolgan hamyurtlarimiz xususida ma’lumot berdi.
Ma’ruzani maroq bilan eshitgan yuzlab hamshaharlarimizga mamlakatimizda so‘nggi yillarda din erkinligi, akademik diniy ta’lim olish borasida yaratilgan imkoniyatlar, tinch-osoyishta hayotimiz va unga rahna solayotgan kuchlar haqida, hayotiy misollar asosida, so‘zlab berildi.