Qo‘qon shahar hokimi “Institute school” nodavlat ta’lim muassasasida o‘tkazilgan “ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etdi.
Marufjon Usmonov ta’lim muassasasida xorijiy tillarni o‘qitish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘ldi.
Shahar hokimi ta’lim muassasasi oshxonasi, sport zallari bilan ham tanishib, mutasaddilarga o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalariga jalb etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.