Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari ishtirokida, ta’lim sohasi va mahalla tizimi mutasaddilariga yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilar ota-onalarining mas’uliyatini oshirish, yagona maktab formasini keng joriy etish, o‘qituvchilar o‘rtasida ham kiyinish madaniyatini shakllantirish, maktablardagi sinf rahbarlari va yoshlarning ota-onalari o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatilishini ta’minlash, maktablarda ota-onalar kengashlari ta’lim jarayonini nazorat qilib borishini, farzandlar tarbiyasiga yuksak e’tibor qaratishini, maktab hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
15-18-avgust kunlari maktablarda, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida, taqdimot tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi.
❗️ Bir qator maktab direktorlari, mahalla tizimi mutasaddilari tashabbus ko‘rsatib, namuna sifatida maktablarda yuksak madaniyat va axloq, tartib-intizom va ma’naviyat asosida maktablardagi taqdimot tadbirlarini birinchilardan bo‘lib o‘tkazishni, ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etishni, yangi o‘quv yilini o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yagona maktab formasida tashkil etishni o‘z zimmalariga oldilar.
“Ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etgan maktablar eng zamonaviy jihozlar bilan taqdirlanadi”, dedi Marufjon Usmonov.
🎙 Ommaviy axborot vositalariga maktablar reytingi va antireytingini muntazam yoritib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.