Ushbu mavzuda ta’lim sohasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish, odob-ahloq normalariga rioya etish, yagona maktab formasini joriy etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
“Ota-onalardan pul talab qilgan rahbarlarga keskin choralar ko‘riladi”, dedi shu jumladan Farg‘ona viloyati Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov.