17 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 1-Bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan musobaqalarning taqdirlash marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.
Shahar hokimi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Beshta muhim tashabbus doirasida uni ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, musobaqa ishtirokchilarini chinakam sport bayrami bilan muborakbod etdi.
O‘zbekiston madhiyasi yangrab, yuzlab sportchilar va sport ihlosmandlari tomonidan jo‘r bo‘lib, ijro etilganidan so‘ng, musobaqa g‘oliblari shoxsupaga birma-bir taklif etildi.
Marufjon Usmonov chempionlarni qutlab, medallar, Tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi.