Qo‘qon shahrida tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bino-inshootlar yong‘in xavfsizligi talablari darajasiga keltirilmoqda
🚒 Qo‘qon shahar hokimligi, favqulodda vaziyatlar bo‘limi va boshqa mutasaddilardan iborat ishchi guruh shahrimizdagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritayotgan bino-inshootlar, yertulalarini ko‘zdan kechirib, faoliyatini yong‘in xavfsizligi normalariga asosan tashkil etishga ko‘maklashmoqda.
Ma’lumot uchun: Shu kunga qadar 60 ga yaqin ob’ektlar ko‘zdan kechirilib, shundan 11 tasining faoliyati, yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etgan holda, tashkil etildi.