Sun. Apr 28th, 2024

Tadbirkorlar qabulida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov bino va inshootlar ijarasi, kredit to‘lovlarini kechiktirish, soliq imtiyozlari va qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish, tadbirkorlik faoliyati uchun joy ajratish kabi 10 dan ziyod murojaatlarni joyida hal etdi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi Qo‘qon shahar hokimining nazoratiga olindi.