Xususan, davlatimiz rahbarining biznes loyihalarda yer maydonlaridan samarali foydalanishni keng joriy etish bo‘yicha olg‘a surgan tashabbuslari doirasida Qo‘qon shahrida kam quvvatda va samarasiz faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tahlil etilib, muammo va masalalarini hal etish choralari ko‘rildi.
Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xabibjon Sirojiddinov, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Nuriddin Mamajonov, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudjon Mamatxonovlar tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ishlab chiqilgan yangi loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berdilar.