O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi mutasaddilari, viloyat va shaxar sektorlari rahbarlari, viloyat va shahar hokimlari o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida Qo‘qon shahri va atrof tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Muloqot chog‘ida tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan yangi loyihalarni ishga tushirish kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan ekani e’tirof etildi.
Xususan Qo‘qon Mexanika zavodida bo‘sh turgan sexlarda Rossiya va Xitoy sarmoyadorlari ishtirokida mebel va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, elektr energiyasida ishlaydigan maxsus transport vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi korxonalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Muloqot so‘nggida mas’ullarga bo‘sh turgan yer maydonlariga ega va samarasiz faoliyat yuritayotgan korxonalarni sog‘lomlashtirish, zamon talabiga javob beradigan investision loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.