Mon. May 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sanoat bozorlarida mahalliy poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarayotgan hunarmandlar va tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Shahar hokimi davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda teri-poyabzal klasterlarini rivojlantirish borasida yaratilayotgan qulay imkoniyatlar xususida ma’lumot berib, tadbirkorlarning muammo va masalalari bilan qiziqdi.

 

Marufjon Usmonov Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik doirasida Qo‘qon shahrida sohasni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida ma’lumot berdi. Ustoz-shogird an’analrini rivojlantirish, yosh avlodni daromadli hunarlarga o‘rgatish borasida o‘z fikr mulohazalrini bildirdi.

 

Sektor rahbarlari va boshqa mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘tkazilgan suhbatda shahar hokimi tadbirkorloarning takliflarini tinglab, yon daftarchasiga yozib oldi. Kelib tushgan murojaatlarni joyida hal etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.