Tue. Jun 25th, 2024

“Muloqot” telekanali ijodkorlari tomonidan “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvi uchun Prezidentimizning «Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni mazmun mohiyati, mamlakatimizda kambag‘allikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish, bu ishlarga tadbirkorlik sub’ektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida davra suhbati suratga olindi.

Davra suhbatida Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdullaev Anvarjon Alievich, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari
Hudoynazarov Shuxratjon Xolmatovich, Qo‘qon davlat soliq inspeksiyasi rahbari Abdullaev Qobiljon Abdujambulovich, Qo‘qon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i
Mavlonov Bunyodbek Ahadovich, tadbirkorlar va mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida tadbirkorlar va mahalla o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollarga javob berildi.