Ma’lumki joriy yilning 20-avgust kuni davlatimiz rahbarining tidbirkorlar bilan an’anaviy ochiq muloqoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Nufuzli tadbir oldidan mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari o‘rganilmoqda.
Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan ochiq muloqotda ham Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Biznes-ombudsmanning Farg‘ona viloyati sho‘’basi bosh inspektori Murodjon Po‘latov, Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Axmadjon Yunusovlar tadbirkorlar bilan muloqot qilib, muammo-masalalarini o‘rgandilar.
Kelib tushgan murojaat va takliflar tahlil etilib, masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.