2-“Shaldiramoq” mahallasidagi “Hadya-xoji” jome’ masjidida peshin namozi vaqtida Qo‘qon shahar bosh imom-xatibi Abdumajid qori Isaqov jamoaga tabiiy gazdan oqilona foydalanish, noqonuniy gaz tortish moslamalarini o‘rnatmaslik, bu borada musulmonlarga beriladigan salbiy baxo yuzasidan ma’ruza qildi.
Masjid oldida musodara etilgan noqonuniy gaz tortish moslamalari ko‘rgazmasi tashkil etilib, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov fuqarolarga shahrimizda aholi xonadonlariga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish, noqonuniy gaz tortish moslamalaridan foydalanayotganlarga keskin chora ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.
Aholisi gaz bosimi past ekanidan shikoyat qilgan mahallalar hududida maxsus tadbirlar o‘tkazilib, turli xajmdagi gaz tortish moslamalari musodara etildi. Moslamalarni o‘rnatgan shaxslar javobgarlikka tortilib, mahallalar hududida tabiiy gazni bir maromda yetkazib berilishi tiklandi.