Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Milliy gvardiya ko‘mondonligi, sektorlar rahbarlari, ta’lim va mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida Qo‘qon shahrida sodir etilgan jinoyatlarni muhokama etdi.
Muhokama chog‘ida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘gan mas’ullar harakatlariga baho berilib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, byudjet tushumlarini ta’minlash, Xalqaro xotin-qizlar bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yo‘l, kommunikatsiyalarni tartibga keltirish va boshqa masalalar ham muhokama etildi.
“Har bir rahbar o‘z faoliyatida shaxsiy mas’uliyatini oshirishi kerak”, dedi Marufjon Usmonov.