Wed. Apr 17th, 2024

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Muxiddin Jo‘raev, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, ichki ishlar, huquqni muhofaza qilish idoralari, ta’lim va mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida Qo‘qon shahrida sodir etilgan jinoyatlarni muhokama etdilar.

 

Muhokamada jinoyatga sabab bo‘lgan omillar o‘rganilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullar faoliyatiga baho berildi.

Muhokamadan so‘ng o‘z vazifasini sidqiqdildan, sadoqat bilan ado etayotgan ichki ishlar xodimlariga Qo‘qon shahar hokimligi hamda shahar prokuraturasining Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.