Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 8th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Muhiddin Jo‘raev, mahalla tizimi mutasaddilari, 40-“Nurafshon” mahallasi fuqarolari ishtirokida ushbu hududda sodir etilgan jinoyatlarni muhokama etdi.

Muhokamada jinoyatni keltirib chiqargan sabablar o‘rganilib, jinoyat va qonunbuzarliklar sodir etgan fuqarolar, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mutasaddilar faoliyatiga baho berildi.

Mahalla faollari bilan kelajakda noxush hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik, mahallada tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, mahalla oqsoqollari va mahalla tizimi mutasaddilari hamda ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

Click to listen highlighted text!