Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 15th, 2024

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolari barqarorligini ta’minlash, ushbu maqsadda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.

Bugun, Qo‘qon shahar hokimligi investisiya bo‘limi mutasaddilari Rossiya Federsiyasining Boshqirtiston Respublikasidan kelgan rasmiylar va ishbilarmon doiralar vakillarini Qo‘qon shahridagi Markaziy dehqon bozorida talab yuqori bo‘layotgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanishtirdilar.

Mehmonlar rastalarni ko‘zdan kechirib, shu jumaladan Rossiyadan keltirilayotgan mahsulotlarning narx-navolari, ularni keltirib sotish imkoniyatlarini o‘rgandilar. Shu bilan bir qatorda, qurutilgan meva va ziravorlarni Qo‘qon shahridan Rossiyaga eksport qilish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Click to listen highlighted text!