Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, mutasaddilar ishtirokida, Markaziy dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqatlar narx-navosi, tadbirkorlar va haridorlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Marufjon Usmonov go‘sht, sabzavotlar savdosi bilan mashg‘ul tadbirkorlar bilan muloqot qilib, muborak Ramazon oyida narx-navolarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholining turli qatlamlari uchun munosib sharoitlar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Bozor hududidagi ozodalik, sanitariya talablari, haridorlar uchun yaratilgan sharoitlarga ham alohida e’tibor qaratildi.