Xususan “O‘rmonbog‘” mahallasida ehtiyojmand fuqarolar uchun dasturxon yozilib, iftorlik marosimiga homiylik qilindi.
Marosimda Qur’on-tilovat qilinib, ezgu tilaklar bildirildi. Shahar hokimi ko‘p bolali, nogiron farzand tarbiya qilayotgan xonadon egalari bilan suhbatda bo‘lib, muammo-masalalarni o‘rgandi.
Marufjon Usmonov “Tolzor” va “Do‘stlik” mahallalarida istiqomat qiladigan ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolardan ham xabar olib ijtimoiy yordam to‘plamlarini yetkazdi.