Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Daniyalik sarmoyadorlar bilan Muqimiy shaharchasida muqobil energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etish masalalarini muhokama etdi.
Muhokama etilgan loyihalarning umumiy qiymati 400 million AQSh dollariga teng. Ushbu sarmoyalar evaziga chiqindilarni qayta ishlash va natijada hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanishni nazarda tutadigan korxonalar ham tashkil etiladi. Loyihalar sohada zamonaviy, innovasion texnologiyalar joriy etilishini nazarda tutadi.
Savdo-sanoat palatasiga muzokaralarda muhokama etilgan masalalar yuzasidan memorandum ishlab chiqish, takliflarni, amalga oshirish mexanizmini o‘z ichiga olgan, tayyor loyiha ko‘rinishiga keltirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.