Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilarga Qurbon hayiti xalqimizning milliy an’ana va qadriyatlariga mos ravishda o‘tkazish, hamshaharlarimiz xayit namozlarini ado etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, yurtdoshlarimiz uchun Qurbon hayiti kunlarida mo‘’tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, shahar hokimi mahallalarda aholining ijtimoiy muhofazga muhtoj qatlamlaridan xabar olish, mexr-saxovat tadbirlarini tashkil etish, jamoat maskanlarida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.