Prezidentimizning “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qo‘qon shahrida katta o‘lchamdagi zamonaviy monitorlar o‘rnatildi.
Ushbu monitorlar shahrimizda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlarni retranslyasiya qilish, shahrimizning qadimgi madaniyati va tarixini keng targ‘ib etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Qarorga asosan turizm yo‘nalishlarida dekorativ soyabonli o‘rindiqlar ham o‘rnatilib, hamshaharlarimiz va shahrimizga kelayotgan sayyohlarning hordiq chiqarishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.