Fri. Dec 1st, 2023

Davlatimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon shahrida 24 soat ishlaydigan shtab o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ijtimoiy ob’ektlardagi harorat, isitish tizimlarining sozligi borasidagi ma’lumot shu yerda jamlanib, mavjud muammolarni hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Qo‘qon shahar hokimi boshchiligida faoliyat olib borayotgan shtabga barcha mutasaddi idoralar mas’ullari biriktirilgan. Ijtimoiy ob’ektlar bilan bir qatorda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar ham tezkorlik bilan ko‘rib chiqilib, fuqarolarning kommunal muammolari hal etilmoqda.

Qo‘qon shahar hokimligining telegramdagi @NasosXabarBot @MurojaatlarBoti ga kelib tushgan va ijtimoiy tarmoqlardagi elektr energiyasi, tabiiy gaz bilan bog‘liq barcha murojaatlar ham ushbu shtab mutasaddilari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

12 dekabr’ kuni soat 01:00 da o‘tkazilgan shtab yig‘ilishida ham Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov boshchiligida shtabga kelib tushgan ma’lumotlar muhokama etilib, mavjud muamolarni hal etish choralari ko‘rildi.