Wed. Jun 26th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov sektorlar rahbarlari, mavsumga tayyorgarlik uchun mas’ul idoralar, milliy gvardiya, huquqni muhofaza qilish idoralari, korxona, tashkilot, muassasalar va mahalla tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Hususan, ijtimoiy obyektlardagi isitish tizimlarini mavsumga shay holatga keltirish, ko‘pqavatli uylardagi podyezdlarda harorat germetikasini ta’minlash, suv, gaz, elektr, kommunikatsiya tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, jamoat tartibi va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha yo‘riqnomalar berildi.

Ayni paytda mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha shahar shtabi 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda. Sektorlar kesimida, mas’ul idoralardan tashkil topgan ishchi guruhlar joylarda amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilib bormoqda va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.