Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov “Hududgazta’minot” aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi, texnika fanlari doktori Eshmuratov Baxodir Beshimovich bilan Qo‘qon shahrida aholiga qishki mavsumda tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish, aholi xonadonlarida tabiiy gaz bosimini yaxshilash bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama etdi.

Hususan, muzokaralar chog‘ida yangi yuqori bosimli tabiiy gaz quvurini tortib kelish, shahrimiz hududlarida tabiiy gaz taqsimlashning yangi, aholi uchun qulay, tartibini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha tasdiqlandi.

Ertaga shaharimizga 7200 dona tabiiy gazni avtomatlashgan tartibda nazorat qiladigan hisoblagichlar keltiriladi va o‘rnatila boshlaydi. Shahrimiz birinchilardan bo‘lib ushbu qulay tizimga o‘tkazilgan edi. Endilikda shahrimizdagi barcha xonadonlar va tadbirkorlik subyektlari ushbu tizimga o‘tkaziladi.