Obidjon Maxudov Rossiya imperiyasida tog‘ injeneri oliy ta’lim yo‘nalishini tamomlagan birinchi o‘zbek bo‘lgan. Farg‘ona vodiysida bir necha neft konlarini ishga tushirgan. Shu bilan bir qatorda, ma’riftaparvar inson sifatida iz qoldirgan. Xususan 1914 yilda Qo‘qon shahrida birinchi tipografis, “Sadoi Farg‘ona” va “Ferganskoe exo” ro‘znomalariga asos solgan. Jadidlar harakatida ishtirok etib, Turkiston muhtoriyatida oziq-ovqat mahsulotlari vaziri bo‘lgan.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Obidjon Mahsudovning yaqinlari bilan samimiy suhbat qurdi. Suhbat chog‘ida ajdodlarimiz amalga oshirgan ishlar yodga olinib, Qo‘r’on tilovatlarda haqlariga duolar qilindi.